SURXONDA BIR UYNI TUNAB KETIShDI. O'G'RILAR MAKTAB O'QUVChILARI EKAN…

0

 

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi «Navruz» mahallasida yashovchi X. S. ismli ayol huquqni muhofaza qilish tashkilotiga murojaat etib, uyini o'g'ri urgani haqida ma'lum qildi. Shikoyat arizasida yozilishicha, o'g'rilar ayolning uyidan fuqarolik pasporti, uyning kadastr hujjati, qizining tug'ilganlik haqida guvohnomasi, 8 mln 400 000 lik tilla zanjir, bahosi 4 mln 550 000 so'mga teng uchta tilla uzuk, 700 000 so'mlik bir juft tilla zirakni olib chiqib ketgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari o'g'rilarni tez fursatda topishdi. Ularning biri o'sha mahallada yashovchi o'smir X. Ya. va «Guliston» mahallasida yashovchi X. A. ismli o'smir bo'lib chiqdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 169 modda 2 qismi «v», «g» bandi bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

 

loading...