O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3769 nafarga yetdi

0

🔺2020 yil 3 iyun soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3769 (+9) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent viloyatida (6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib karantinga olingan) aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 846 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 10 nafari og'ir, 1 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...