XITOY OLIMLARI O'ZGA SAYYoRALIKLARNI QIDIRIShGA KIRIShDI…

0

 

Xitoy olimlari yaqin vaqtlar ichida o'zga sayyoraliklardan keladigan signallarni tutish, umuman, o'zga sayyoralardagi hayot to'g'risida ma'lumotlar to'plashga kirishadi. Bunda olimlarga hajmi besh yuz metr, o'z aperturasiga ega «FAST» radioteleskopi yordam beradi. Ular 2020 yil sentyabr oyida amaliy ishga kirishishni mo'ljallashmoqda.

Yangi teleskop rasman foydalanishga topshirilgan. Ammo hozir modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. «FAST»ning diametri 500 metrga teng va dunyodagi apertura bilan to'ldirilgan eng katta teleskop hisoblanadi.

Olimlardan biri Chjan Tunszening gapiga ko'ra, o'zga sayyoraliklarni izlash boshqa ilmiy ishlarga sira xalal bermaydi. Qolaversa, ular o'zga sayyoralarda hayot albatta topiladi degan xayoldan uzoq. Uyog'i endi xudodan.

Yangi teleskop olis fazodan keladigan har qanday chastotaga ega signalni tutish quvvatiga ega.

 

loading...