AQShDAGI OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR JARAYoNIDA POLISIYa BOShLIG'I O'LDIRILDI…

0

 

Kuni kecha Amerikaning Missuri shtatiga qarashli Molin-Eykers shahrida ham afroamerikalik Jorj Floydning politsiyachilar tarafidan qiynab o'ldirilishi sababli ommaviy tartibsizliklar kuzatildi. Ommaviy norozilik aksiyasi ishtirokchilari shahardagi lombardni tunash va vayron qilish istagida o'sha yoqqa qarab yo'l olgan. Mahalliy politsiya rahbari Jon Xeyden quturgan olomonni to'xtatishga tutindi. Chunki, birinchidan, bu rahbarning vazifasi, ikkinchidan, lombard egasi uning yaqin do'sti edi. Afsuski, olomonga kuchi yetmadi. Politsiya rahbarini otib o'ldirishdi.

Axborot agentliklari xabariga ko'ra, ushbu tartibsizliklar butun Amerika bo'ylab yoyilib ketgan. Masalan, Vashingtonga mingdan ziyod harbiylar yaqinlashib kelgan. Shahar chetrog'iga joylashib, jangovar holatda turgan ko'yi komandirlar buyrug'ini kutmoqda.

Hozirga qadar Los-Anjelesda 2, 7 ming kishi qamoqqa olingan. Nyu-Yorkda esa 1, 5 mingdan ortiq namoyish ishtirokchilari qo'lga olindi. Yuzlab odam Dallas, Xyuston, Filadelfiyada qamoqqa olingan.

 

loading...