ROSSIYaDA KORONAVIRUSNING OG'IR FORMASINI DAVOLOVChI YaNGI DORI RO'YXATGA OLINDI…

0

 

Rossiya sog'liqni saqlash vazirligi «Levilimab» dori vositasini «Ilsira» savdo belgisi ostida ro'yxatga oldi. Bu dori vositasi koronavirusning og'ir formasini boshdan kechirayotgan, o'lim bilan olishayotgan bemorlar uchun mo'ljallangan. Aniqrog'i, koronavirus organizmdagi eng muhim a'zolar, jumladan, o'pka, jigar, yurak va hokazolarga jiddiy ziyon yetkazib, bemorni ajal yoqasiga olib borgan mahal xuddi shu dori vositasidan foydalaniladi va xudoning xohishi bilan bemor zarur muolajalarni oladi.

Yangi dori vositasini «Biokad» biotexnologiya kompaniyasi ishlab chiqarmoqda.

Mutaxassislarning gapiga qaraganda, bu dori aslida revmatoid artrit xastaligini davolash maqsadlarida yaratilgan. Ammo keyinchalik koronavirusni davolash uchun moslashtirishibdi.

 

loading...