BU AYoL HOMILADOR. AMMO 4 YILDAN BERI TUG'A OLMAYDI. NEGA?..

0

 

Sara Xolidey ismli 40 yoshli bu ayol Amerikaning Kolorado shtatida yashaydi. To'rt yildan beri homilador ekan. Ammo hanuz farzandi tug'ila qolmaskan. Ko'p marotaba tanish-bilishlarga aytdi. Ishonishmadi. Qornini semizlik kasriga yo'yishdi. Hadeganda ijikilayvergandan keyin ko'pchilik tanishlar uni ruhiy xastaga yo'yib yuz ham o'girib ketishdi. Biroq Sara umidini uza olmaydi. Vrachlarga ham juda ko'p marotaba murojaat etgan. UZI ga tushib toliqqan. UZI haqiqatan qornida homila borligini tasdiqlagan. Faqat homila juda sekin rivojlanayotgan ekan. Qolaversa, to'rt yildan beri Sarada menstruatsiya holati ham ko'zga tashlanmaydi. Oxirgi marta vrachga uchrashganda, tekshirib ko'rib, homilaning yuragi juda sekin urayotganini aytdi.

Xullas, aqldan ozay deyapti. Hech kimga dardini ayta olmaydi. Umid ham uza olmaydi. Axir, xoh ishoning, xoh ishonmang, Saraning qornida homila bor. Tezroq dunyoga kelsaydi…

Kim bilsin. Balki 2020 yili o'sha baxt Saraga kulib boqar.

Buni endi xudo biladi.

loading...