SURXONDAGI TO'YGA KELGAN 250 KIShINING HAMMASI KARANTINGA OLINDI…

0

 

Respublika rahbariyati, tibbiyot vakillarining ko'p marotaba ogohlantirishlariga, maxsus komissiyaning qaroriga zid ravishda Surxondaryo viloyatidagi xonadonlardan birida katta to'y tashkil etilgan. To'yga belgilanganidek 30 kishi emas, balki 250 kishi tashrif buyurgan. Shu haqda viloyat hokimi To'ra Bobolov rasman ma'lum qildi. Hokimning aytishiga ko'ra, to'yga kelgan 250 kishining barchasi karantinga tushirildi. Hozir Surxondaryo viloyati bo'yicha 4118 kishi karantinga olingan.

 

loading...