Qozonda pishgan tandir somsani yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz!..

0

Birinchi marta qozonda somsa qildim.

Hech bo'lmasa, bitta tirik somsa chiqaraman dedim.

Barmoqlarim kuyib ketdi. Ikkita somsa dumalab qozonning ichiga tushdi, yana qaytarib yopishtirdim. Bitta somsa vapshe archilib, ichidagilari sochilib ketdi. Shundayam bo'sh kelmadim. Jangovar holatda oxirigacha kurashdim.

Odam qilgan ishni odam qilarkan-ey! O'zimga qoyil qolib ketdim. Tandirmisan-tandir somsa bo'ldi. Mazasi zo'r bo'larkan. Kim o'ylab topgan bo'lsayam bir litr yog' berish kerak.

Somsa oddiy o'zingiz bilgan resept. Somsani qozonga yopishtirish uchun tuxumning oqiga orqasi botirib olinadi.

Xurshida Xonim

(«Facebook»dagi sahifasidan)

loading...