«XORAZM GILAMLARI»NING 6 NAFAR IShChISIDA KORONAVIRUS TASDIQLANGAN…

0

 

Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 23 iyun kuni 8 ta hududda — Xorazm, Namangan, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 30 holatda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlangan.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Silga qarshi kurashish dispanseri xodimi F. K. va uning o'g'lida, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi A. R. da (tana harorati tushmayotganligi sababli o'zi borib namuna topshirgan), Namangan viloyati Pop tumani harbiy qism xodimi Sh. N. da, «Turon Megastroy» korxonasi ishchisi M. B. da, Uchqo'rg'on tumanida yashovchi M. A. da, Xorazm viloyatida «Xorazm gilamlari» MChJning 6 nafar ishchisida koronavirus tasdiqlangan.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi I. N. va Chinoz tumanida yashovchi J. E. (har ikkisi tana harorati ko'tarilgan va tomoqda og'riq bo'lganligi uchun namuna topshirgan) va Toshkent tumanida yashovchi A. Ada. kasallik qayd etilgan.

 

loading...