Mo''jiza-po''jiza bo'lmaydi. Bekorlarning beshtasini aytibdi!

0

O'tgan safar «Man Siti» katta hisobda yutganida o'zini bilmaydigan hovliqmalar shunday deyishgandi. Ammo kuni kecha Klopp ularning hamma gaplari ertakdan boshqa narsa emasligini isbotlab tashladi. Ularda bitta futbolchini ko'tar-ko'tar degan narsa yo'q. Hammasi haqiqiy bo'lishini istashadi Klopp shogirdlari. Bo'lmasa, Salohni APLda to'purar qilishlari uchun imkoniyatlari yo'qmi? Bor. Kerak bo'lsa, Mane ham hammadan ko'p gol urishi mumkin. Yo'q. «Qizillar» bunday qilishmaydi. Hammasi tabiiy kechishini  istashadi ular. Ammo shuning bilan birga, ular juda inoq. Shuning uchun bo'lsa kerak, chempionatda bor-yo'g'i bir marta mag'lubiyatga uchrashdi va ikki marta durangga imzo chekishdi. Kuni kecha esa «Liverpul» haqiqiy ma'noda «Kristal P»ni tiz cho'ktirdi. Axir shunday qilmasa ham bo'lmasdi-da. Sababi «Liverpul» atrofida vijir-vijir gaplar ko'paydi. Birovlar hatto «qizillar»ni «qimorbozlar malaylari» ham deb atashdi. Agar shunday bo'lganida edi, misqollab yig'ilgan obro' to'rt kunda havoga sovurilardi.

«Liverpul»  — «Kristal P»  4 : 0.

Gollar:

Aleksander — Arnold 23,

Saloh 44,

Fabino 55,

Mane 69.

Aytgancha, bugun «Chelsi» o'zining uyida «Man Siti»ni qabul qiladi. Agar «Man Siti»ning shoxi sinib qolsa, keyin tamom. «Shaharliklar» uchun chempionlik «bay, bay»!

loading...