AYoL 12 YaShAR O'G'LINI O'LDIRIB, YeRGA KO'MDI-DA, USTINI BETONLAB TAShLADI…

0

 

Astraxan viloyatida yashovchi 56 yoshli Galina Morozova shu yil 5 mart kuni 12 yashar o'g'li kechqurun uydan chiqib, tongga yaqin kirib kelgani sababli avvaliga urishib tashladi. O'g'li uxlab qolgach, boshiga bir necha marta gantel bilan tushirdi. Bola o'lim topdi. Galina esa sira o'zini yo'qotmasdan, murdani o'sha atrofdagi anchadan beri kimsasiz huvillab yotgan eski uy ostiga ko'mdi. Keyin ustini betonlab tashladi. Gantellarni ham yo'q qildi.

Galina 4 oy davomida politsiyachilarni chalg'itish niyatida o'zini xuddi qayg'u botqog'iga botgan qilib ko'rsatdi. Aytdiki, o'g'li maktabga ketgan-u, qaytib kelmagan. Qarang, politsiyachilar buyoqda bolani izlash bilan ovora bo'lishganda, Galina Morozova viloyat gubernatori lavozimiga nomzodini qo'yib, siyosat bobida kurash olib bordi. Ammo niyatiga yeta olmadi. Uning siri ochildi. Endi keyingi gaplarni sudya aytadi albatta.

Astag'firillo!!!

 

loading...