«Mana senga olam-olam gul! Mana senga bahor bayrami, yo'g'-e, yozning bayrami!..»

0

«Man Siti» ishqibozlari, ko'ngillaring joyiga tushdimi? «Liverpul» butunlay botqoqqa botib ketdi-i-i! Uni hech nima qutqarolmay-d-i-i, deya ovozlaringni baralla qo'yib baqirayotganmidilaring?! Bo'ldi endi, pishdi bu yog'i. Endi «Man Siti» qolgan jamoalarni mingu nolga yutgan taqdirda ham ikkinchi o'rindan nariga o'tolmaydi. Va yana ularning chempionlar ligasida ishtirok etishdan mahrum bo'lganini bilasiz, shunga ko'ra, garchi «shaharliklar» ikkinchi o'rin bilan mavsumni yakunlasalar-da, beshinchi o'rinni olgan jamoaga havas ko'zi bilan qarashdan nariga o'tolmaydi. Ammo bitta yaxshi tomoni, mo'maygina «soqqa»ga ega chiqishadi.

Demak, «Man Siti»ni «aristokratlar» qoqiltirdi. «Chelsi» – «Man Siti» 2 : 1, gollarni Pulishich (36), Villian (78) (p) «Chelsi»dan, de Bryuyne «Man Siti»dan urdi.

loading...