HINDISTONDA BIR AYoL SIRA HOMILADOR BO'LA OLMAYoTGANDI. TEKShIRIB KO'RIShSA, ERKAK KIShI EKAN…

0

 

Kalkuttada yashovchi ismi-sharifi ma'lum qilinmagan ayol 9 yil oldin turmushga chiqqan. Shu kunga qadar sira homilador bo'la olmasdi. Mahalliy do'xtirlarga ko'p marotaba ko'ringan. Ammo arzirli javob olmagan. Oxiri katta shaharga borib tekshiruvdan o'tdi. Aslida bormasdi. Qorin qismida kuchli og'riq tuydi. Bu og'riqlarni ham mahalliy vrachlar bartaraf eta olishmadi. Qarang, ovozi, siynalarning o'sishi, barcha tashqi jinsiy a'zolari uning ayol kishi ekanini tasdiqlab turibdi. Lekin tuxumdon yo'q. Hech qachon menstruatsiya holatini boshdan o'tkazmagan. Bir so'z bilan aytganda, bu ayolning organizmida erkak gormonlarigina mavjud ekan. Qornida paydo bo'lgan og'riqlar esa saraton xastaligiga yo'liqqanini ko'rsatdi. Hozir ayol kimyoviy terapiya muolajalarini olmoqda. Nima bo'lmasin, ayol eri bilan ajrashmoqchi emas. Umrining oxiriga qadar u bilan birga yashashga ahd qilgan. Eri ham xuddi shunday niyatda.

 

loading...