Muhammad Ali Ravshan olimpiya o'yinlari finalida yutqazsa ham, nima uchun butun dunyo uni olqishlagan edi?

0

1984 yilda Muhammad Ali Ravshan yaponiyalik Yaxusiro Yamasitaga qarshi tatamiga chiqdi. Bu shov-shuvli jangda Ravshan yutqazgan bo'lsa-da, nima uchun butun zal Ravshanni qo'llab-quvvatlab olqishlagan edi?

* * *

Los-Anjelesdagi olimpiya o'yinlarida tatamiga ikki raqib chiqdi – yaponiyalik Yaxusiro Yamasita va misrlik Muhammad Ali Ravshan. Bu final uchrashuvi edi. Yapon dzyudochisi finalgacha bo'lgan kurashlarning birida jiddiy jarohat orttirib olgan edi. U o'ng oyog'ini deyarli qimirlata olmas edi. Butun jang davomida Ravshanning treneri raqibining o'ng oyog'iga zarba berishni aytib baqirar edi. Ravshan shunday qilsa, g'alaba naqd edi. Butun zal ham bu holni aniq bilib turar edi. Ammo misrlik sportchi bunday harakat qilishdan voz kechdi va yutqazdi. U kumush medal bilan kifoyalandi.

Jangdan so'ng jurnalistlar uning atrofini o'rab olishdi. Ularning savollari bitta edi: «Nima uchun, nima uchun shunday qulay imkoniyatdan foydalanmadingiz?» Muhammad ularning savollariga:

«Dinim meni yarador, shikastlangan, majruh bo'lgan a'zolarga urishdan man etadi. Agar men uning kasal oyog'iga zarba berganimda, u bir umrga majruh bo'lib qolar edi. Oltin medal evaziga ham men unga bu narsani ravo ko'rmasdim», – deya javob berdi. Butun zaldagi odamlar uning bu javobini tik turib olqishlar bilan qarshi oldilar.

Halol o'yin uchun xalqaro qo'mita esa uni «yil sportchisi» unvoniga loyiq deb topdi.

Ravshan keyinroq Yaponiyaga tashrif buyurganida, uni qirol darajasida kutib olishdi.

Xabarlarga ko'ra, Muhammadning bunday harakatini eshitgan dunyodagi minglarcha insonlar islomni qabul qilganlar.

«Biz Qur'on oyatlarini harakatlarimizda, fe'llarimizda ko'rsata olsak, ya'ni Qur'onni fe'lan o'qisak, insonlar to'p-to'p bo'lib islomni qabul qiladilar!»

 

Shoolim ShOMANSUR tarjimasi

loading...