QIRG'IZISTONLIK MAShHUR XONANDA ASEL QODIRBEKOVA AVTOHALOKATGA UChRADI…

0

 

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, qirg'izistonlik taniqli xonanda Asel Qodirbekova avtohalokatga uchrab bo'ynini sindirib olgan va koma holatiga tushgan. Bishkekdagi travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot markazi rahbarining aytishicha, 29 yoshli xonandaning bo'yni singan, yelka suyagiga zahm yetgan va bosh miya jiddiy jarohat olgan. Xonandaning ahvoli og'ir. Komadan chiqsa, jarrohlik amaliyoti tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, Asel Qodirbekova shu yil 26 iyun kuni kechqurun o'ziga tegishli «Toyota Camry»da ketayotganda, mashinasi xususiy qo'riqchilik agentligining avtomobili bilan to'qnashib ketgan. Oqibatda uch kishi jabr ko'rdi.

Asel qirg'izistonlik qo'shiqchi Nurlan Nasipning rafiqasi. Internet saytlarida juda mashhur.

 

loading...