BEBOSh O'G'IL ONASINING MAShINASIDA UCh AYoLNI URIB KETDI. ULARNING BIRI O'LIM TOPDI…

0

 

2020 yil 28 iyun soat taxminan 12: 10 da Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 16 yoshli o'smir so'roqsiz ravishda onasiga tegishli «Damas» avtomobilini haydab chiqib ketgan. Yo'lda tezlik katta bo'lgani sababli boshqaruvni yo'qotgan va 1982, 1976, 1977 yillarda tug'ilgan ayollarni urib ketgan. Oqibatda ayollarning biri jarohat og'irligi sababli fojia yuz bergan yerda olamdan o'tdi. Qolgan ikki ayolni kasalxonaga yotqizishdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

 

loading...