O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLIK, TUZALGANLIK VA O'LIM KO'RSATKIChI… (JADVAL)

0

 

Bugun mamlakatimizda 266 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 247 nafari Karantin muassasalarida, 16 nafari aholi orasida (shundan 6 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafardan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida, 1 nafardan Toshkent viloyati hamda Sirdaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 89 nafar bemor sog'aydi. Ular Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7948 nafar bemordan 5329 nafari sog'ayib, davolanish ko'rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2597 nafar bemordan 18 nafari og'ir, 6 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Hozir mamlakatimizda uy karantinida 40 120 nafar, statsionar karantinda esa 23 432 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo'lib turibdi.

 

loading...