AKTRISA JAYRONA HASANOVAGA BOYLAR HOMIYLIK UChUN O'YNAShLIKNI TAKLIF QILIShGAN EKAN… (VIDEO)

0

 

Aktrisa Jayrona Hasanova yaqinda jurnalistlarga bergan intervyusida kutilmagan bir haqiqatni tiliga ko'chirdi. Uning aytishicha, dastlab qo'shiqchi bo'lishni orzulagan ekan. Ammo shou-biznesda mashhur bo'lish uchun homiy kerak bo'ladi. Aktrisa tanishlari orqali boylarga murojaat etib, homiy bo'lishlarini so'ragan. Ular esa bajonidil rozi bo'lishgan. Faqat bitta shart qo'yishgan. Ya'ni, Jayrona homiylik evaziga ularga o'ynash bo'lib tutinishi, yoki ikkinchi, uchinchi xotin bo'lishi lozim ekan. Ikkinchi, uchinchi xotin ham o'ynashday gap-da. Yana uning hayotida o'sha boyvachcha birinchi erkak bo'lishi shartligini ham alohida qistirib o'tishibdi.

— Ular har qanday miqdordagi pulni tikishga rozi bo'lishgan, — deydi Jayrona. — Ammo buning uchun men ularga o'ynash bo'lishim kerakmish. “Bizning gapimizga ko'nsin! Bu qiz hali yosh, buzilib ketadi. Bizga o'ynash bo'lsin! Murodiga yetadi.”, degan gaplarni gapirishgan. O'sha zahoti ularning yordamidan ham, pulidan ham voz kechganman.

 

upl. uz

loading...