ANGLIYa OLIMLARI ODAMNING KO'RISh QOBILIYaTINI YaXShILOVChI FONAR YaRATDI…

0

 

Angliya universiteti qoshidagi kollej ixtirochilari odamning ko'rish qobiliyatini yaxshilovchi alohida fonar turini yaratishdi. Buning uchun kuniga uch daqiqadan fonarga qarab turish talab etiladi. Fonar o'zidan to'q qizil nur taratadi. Tadqiqotlarda jami 24 nafar yoshi 28 dan 72 yoshgacha bo'lgan ko'ngillilar qatnashdi. Ular olimlar iltimosiga ko'ra, ikki hafta davomida uch daqiqadan fonarga tikilib o'tirishdi. Natija yomon bo'lmadi. Ishtirokchilarning yoshi 40 dan o'tganlari ko'rish imkoniyatlari ortganini tan olishdi. Bundan tashqari, fonar ko'zlarning xira nurlarni ham yaxshiroq taniy olish imkoniyatlarini oshirgani ma'lum bo'ldi.

 

loading...