BILASIZMI?..

0

 

 

MIKROTO'LQINLI PECh HAQIDA HAQIQATLAR

 

Ko'pchiligimiz mikroto'lqinli pech organizmga jiddiy ziyon yetkazishi haqida ko'p eshitganmiz. Ammo olimlar bu masalada chegaradan chiqishgan ekan. Rossiyalik ekspertlardan biri Anton Yastrebsev xuddi shunday fikrda. Uning aytishicha, olimlar ta'kidlab charchamagan mikroto'lqinli pechda pishirilgan yoki isitilgan taom iste'molga yaroqsiz holatga kelishi xususidagi gaplar bekor ekan.

— Mikroto'lqinli pech taratayotgan elektromagnitli to'lqinlar, — deydi ekspert. — Ovqatga o'tirib qolmaydi. Mahsulotga umuman ziyon yetmaydi…

Yana Yastrebsev aytib o'tdiki, baribir pech ishlayotganda, uning ro'parasida uzoq qolib ketmaslik kerak. Chunki pech ish jarayonida rostdan ham o'zidan elektrmagnitli to'lqinlarni tarqatadi. Bu to'lqinlar bir yarimdan ikki metrgacha bo'lgan masofada aylanadi. Demak, pech bilan odam orasida shundan ko'proq masofa saqlangani durust. Qolaversa, mikroto'lqinli pechning ziyoni kuchiga bog'liq. Keyin ovqat pechda qancha ko'p tursa shuncha yaxshi. U pech ichida bo'la turib ko'proq zaharli nurlarni yo'q qiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...