POKISTONDAGI JAMG'ARMA BIRJASIGA JANGARILAR HUJUM QILDI. QURBONLAR BOR… (VIDEO)

0

 

Pokistonning Karachi shahrida joylashgan yirik jamg'arma birjasiga to'rt nafar terrorchi kallakesar hujum uyushtirdi. Ular birja binosiga kiraverishda ikkita granatani portlatib yuborgan. Keyin odamlarni avtomatlardan o'qqa tutgan. Oqibatda 8 kishi halok bo'ldi. Yetti kishi og'ir jarohat oldi. Halok bo'lganlarning uch nafari binodagi qo'riqchilar, bir nafari politsiyachi ekani aytib o'tilgan. Shubhasiz, otishmalar natijasida to'rt jangarining barchasi o'lim topdi. Ushbu terror harakatini «Belujiston ozodlik armiyasi» deb nomlangan jangari kallakesarlar o'z zimmasiga oldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu birjaning pul aylanmasi 580 mld dollarga teng.

 

loading...