SAN-DIEGOLIK BARMEN NIQOBSIZ MIJOZGA XIZMAT KO'RSATMAGANI UChUN BIRDAN BOYIB KETDI…

0

 

Ha, San-Diegodagi barlardan birida ishlovchi Lenin Gutyerres yaqinda tibbiyot niqobisiz kirib kelgan Ember Linn Jil xonimga tibbiyot niqobi taqmaguncha xizmat ko'rsata olmasligini aytgandi. Aytganda ham juda sokinlik bilan, muomala etikasini buzmagan holda aytdi.

— Xonim, xafa bo'lmang, — dedi barmen. — Bizda bar xodimlari ham, mijozlar ham koronavirusdan himoyalanish doirasida albatta tibbiyot niqobi taqqan bo'lishlari kerak…

Ayol zarda bilan chiqib ketdi. Ammo «Feysbuk»dagi sahifasida barmenni haqoratlashdan, politsiya bilan qo'rqitishdan tiyila olmadi. Internetdan foydalanuvchilar esa sira kutilmaganda barmenning himoyasiga o'tishdi. Ular o'zaro kelishib, barmenni shu ishi uchun «choychaqa» bilan siylashga ahd qilishdi. Ishonasizmi, bir necha kun ichida barmenning plastik kartochkasiga jami 80 ming dollar «choychaqa» kelib tushdi. Bir so'z bilan aytganda, barmen boyib ketdi. O'zining aytishicha, pullarni azaliy orzularini haqiqatga aylantirish uchun sarflarkan.

 

loading...