O'zbekistonda bir kechada yana 76 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

0

🔺2020 yil 30 iyun soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 (+76) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 5496 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog'aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 2778 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...