AQSh DAVLAT KOTIBI POMPEO AFG'ON JANGARILARIDAN AMERIKALIKLARNI O'LDIRMASLIKNI SO'RAMOQDA…

0

 

Yaqinda Amerika davlat kotibi Mayk Pompeo Afg'onistondagi dunyoda faoliyati taqiqlangan «Tolibon» jangari kallakesarlar guruhi yetakchisining birinchi o'rinbosari Abdul G'ani Barodar bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar jarayonida Pompeo jangarilar yetakchisidan kelishuvlarga amal qilishni va amerikaliklarni o'ldirmaslikni so'radi.

Ushbu muzokaralar «The New York Times» gazetasida Rossiya «Tolibon» bilan bekitiqcha aloqa bog'lab, katta pul evaziga amerikaliklarni o'ldirishga chaqirgani haqida maqola e'lon qilingach, favqulodda tashkil etildi. Gap 2019 yil aprelida jangarilarning Amerika dengiz piyoda askarlari o'tirgan mashinani portlashib yuborishi va oqibatda uch nafar amerikalik harbiy o'lim topishi masalasida bordi. Gazetada Rossiya Amerika va «Tolibon» o'rtasidagi kelishuvlarni shu yo'l bilan yo'q qilishga urinishi alohida ta'kidlab o'tilgan.

 

loading...