DIQQAT! FARG'ONADA IKKI QIZ BEDARAK YO'QOLDI!!!

0

 

Shu haqda Farg'ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi rasman xabar tarqatgan. Xabarda aytiladiki, 19 yoshli Saboxatxon Asqarjonova shu yil 24 iyun kuni uydan chiqqan-u, qaytmagan. U viloyatning O'zbekiston tumanida istiqomat qiladi. Asosiy belgilari: bo'yi 165-170 sm atrofida, uydan chiqqanda qora ko'ylak va qora tuflida bo'lgan.

Ikkinchi qiz 21 yoshli Mahliyo Sobirova bo'lib, 2 iyun kuni o'zi yashaydigan Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi uyidan chiqqan va ortga qaytmagan. Uydan chiqqanda jinsi ko'ylak-shim, qora tuflida bo'lgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari qizlarni ko'rganlar, bilganlar, qaerdaligidan xabari borlardan quyidagi telefon raqamlarga qo'ng'iroq qilishlarini so'raydi:

73-244-02-76, 73-244-02-85 yoki 102.

 

loading...