DIQQAT! O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLAR SONI OShDI!!!

0

 

2020 yil 2 iyul soat 17: 00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8996 (+92) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida (shundan 30 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 47 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (barchasi aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog'aygan.

Hozir mamlakatimizda 3122 nafar bemor muolajalar olmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

 

loading...