Dori vositalarini yashirincha yetkazib berish rejasi  amalga oshmadi

0

Sifati kafolatlanmagan va kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy yo'llar bilan saqlanishi va tashilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish  va bojxona auditi bo'limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati vakillari hamkorlikda yirik miqdordagi kuchli ta'sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yishdi. Bu haqda Davlat Bojxona qo'mitasi xabar berdi.

Xususan, tezkor tadbir davomida fuqaro M.O.ga Toshkentdan Buxoroga “Epika” rusumli avtomashinada berib yuborilgan karton qutilar o'rnatilgan tartibda va xolislar ishtirokida ko'zdan kechirildi.

Natijada, qutilarda 100 dona sifati kafolatlanmagan “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlandi

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...