KORONAVIRUS XABARLARI QISQA SATRLARDA…

0

 

JSST ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda koronavirus infeksiyasidan zararlanganlar soni 10,35 milliondan oshdi, 508 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

 

 

Afrika qit'asida koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 404 ming nafarga yetdi, 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi.

 

 

Chorshanba kuni AQShda 50 000 dan ziyod koronavirus holati aniqlangan, bu sakkiz kun ichida qayd etilgan beshinchi rekorddir.

 

 

Payshanba kuni Tokioda 100 dan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi, bu poytaxtda 2 oy davomida  eng yuqori kunlik statistika hisoblanadi.

 

 

Eron rasmiylari mamlakat bo'yicha barcha shaharlarda yangi karantin choralari joriy etilishini ma'lum qildi. Sog'liqni saqlash vazirligi mutasaddilarining so'zlariga ko'ra, 8 viloyat, jumladan Tehron ham «qizil» hudud hisoblanadi. Mamlakatda har 10 daqiqada o'rtacha bitta eronlik Covid-19 virusidan vafot etmoqda, har 35 soniyada esa virus yuqtirish holati kuzatilmoqda.

 

 

Ispaniya va Portugaliya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli uch yarim oy davomida yopiq bo'lgan chegaralarni ochdi.

 

 

Yangi Zelandiya sog'liqni saqlash vaziri karantin qoidasini buzgani uchun iste'foga chiqdi.

loading...