TALONChI TAVBA QILMAS… (yoki Qo'qonlik kissavur qarg'ishga qoldi)

0

 

Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida 30 iyun kuni fuqaro Q. D. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni o'zi ishlab kelayotgan Turkiston ko'chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasining qorovulxonasiga noma'lum shaxs kirib, bir dona narxi 2. 500. 000 so'mlik «Yasin» rusumli televizorini olib chiqib ketayotganligini ko'rib qolib, uni yo'lini to'sib jinoiy harakatini to'htatmoqchi bo'lganida, uni itarib yuborib, televizorini o'g'irlab ketganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «b» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni D. K. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

loading...