AMERIKALIK ERKAK AZBAROYI KORONAVIRUSDAN QO'RQISh TUFAYLI 25 KILO VAZN TAShLADI…

0

 

Amerikaning Massachusets shtatiga qarashli Plimut shahrida yashovchi 32 yoshli Shon Sendell 121 kilogramm vaznga ega edi. Koronavirus pandemiyasi boshlangach, ortiqcha vaznga egalar, ya'ni, semirib ketganlar koronavirus yuqtirsa, xastalik juda og'ir kechishi, bu aksar holatlarda o'limga olib borishini eshitdi-yu, azbaroyi qo'rqib ketganidan vazn tashlash harakatiga tushdi. Bu ishda unga xotini yordam berdi. Chunki u dietolog mutaxassisligiga ega ekan.

— Men har kuni uzoq vaqt piyoda yurishga o'rgandim, — deydi Shon Sendell. — Bir kunda 11 dan 15 kilometrgacha piyoda yo'l bosdim. Shunda ham bir o'zim piyoda yurmadim. Chaqaloq farzandimni aravachaga solib u bilan birga sayr qiladigan bo'ldim. Keyin kuniga 8 kilometr masofani yugurib o'tadigan bo'ldim…

Albatta, ozishda odam baribir parhez boshlamasa bo'lmaydi. Shon chips va kartoshka iste'molini bas qildi. Nonni juda kam miqdorda yeydigan bo'ldi.

— 13 hafta shu mashg'ulotlar bilan band bo'ldim, — davom etdi Shon. — Hozir vaznim 95 kilogrammgacha tushdi. O'zimni jismonan juda yaxshi his etyapman. Asosiysi, endi koronavirusdan qo'rqmayman. Yaqinlashib ko'rsin-chi, adabini berib qo'yarman!..

 

loading...