DIQQAT! TEZKOR XABAR! YuRTIMIZDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLAR SONI 10 000 DAN OShDI!!!

0

 

2020 yil 5 iyul soat 23: 30 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 (+84) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 66 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 26 nafar va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6584 (+159) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3402 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...