OLXO'RINING INSON ORGANIZMIGA TA'SIRI…

0

 

Olxo'ri A, S, V, RR vitaminlar, kaliy, magniy va temir moddasiga boy. Olxo'ri siydik haydash xususiyatiga ega. Bu meva turi tarkibidagi antotsianlar ajoyib antioksidant hisoblanib, organizmni saratonga yo'liqishdan, terini tez qarib qolishdan asraydi. Yana olxo'ri tarkibida pektin mavjud bo'lib, u ichaklarni zararli moddalardan tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Olxo'ri jigarni ham zaharli moddalardan tozalaydi. Masalan, uzoq muddat tabletkalar qabul qilgan odam olxo'ri yeyishni boshlasa, sira foydadan xoli bo'lmaydi. U qisqa vaqtda organizmni, asosan jigarni doridan qolgan asoratlardan xalos etadi.

Olxo'ri suyaklarni mustahkamlash xususiyatiga ega. Aterosklerozni bartaraf etadi. Qon tomirlardagi ortiqcha xolesterinni haydab chiqaradi. Arterial qon bosimini me'yorga keltiradi.

Olxo'ri semirib ketishdan asraydi. Tarkibidagi temir moddasi gemoglabin tushib ketishiga yo'l qo'ymaydi.

Salomat bo'ling!!!

 

loading...