Kichik Donald Trampning sevgilisida koronavirus aniqlandi. Bu qiz AQSh prezidentining maslahatchisi hisoblanadi

0

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi, uning saylov kampaniyasi uchun mablag' to'plashga mas'ul bo'lgan Kimberli Gilfoylda koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi «Daryo.uz» «CNN» ma'lumotiga asoslanib.

Qayd etilishicha, Trampning maslahatchisi yaqin orada prezident bilan aloqada bo'lmagan.

«Test javobi musbat chiqqach, Kimberli zudlik bilan o'z-o'zini yakkalash rejimiga o'tdi. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Tashxisni tasdiqlash uchun yana bir marta test topshiradi, chunki unda kasallik alomatlari mavjud emas», — deydi Trampning saylovoldi kompaniyasi moliyaviy rahbari Serxio Gor.

Gilfoyl prezidentning to'ng'ich o'g'li kichik Donald Trampning sevgilisi hisoblanadi. Prezidentning o'g'lining ta'kidlashicha, uning koronavirusga topshirgan test javobi manfiy bo'lib chiqdi. Ehtiyot chorasi sifatida kichik Donald Tramp o'z-o'zini yakkalash rejimiga o'tdi.

loading...