BRAZILIYa PREZIDENTI KORONAVIRUS YuQTIRDI…

0

 

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru kuni kecha koronavirusga test topshirdi. Bunga tez-tez uni bezgak tuta boshlagani sabab bo'libdi. Test natijasi esa prezident koronavirusga chalinganini ko'rsatdi.

Mahalliy jurnalistlarning yozishicha, Bolsonaru koronavirusni gripp deb hisoblaydi va shu sababli tibbiyot niqobi ham taqmaydi. Masalan, shanba kuni u Amerika elchisi, yana bir necha vazirlarni qabul qilish jarayonida ham himoya vositalaridan umuman foydalanmadi.

Yaqinda mamlakatda tibbiyot niqobida yurishni ham taqiqlab qo'ygani-chi. Shu qadar prinsipialligidan o'z shtatlarida karantin choralarini kuchaytirgan gubernatorlarni keskin tanqid ostiga olgani haqida dunyo matbuoti hanuz bong urmoqda.

 

loading...