DIQQAT! TEZKOR XABAR! YuRTIMIZDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLAR SONI OShDI!!!

0

 

2020 yil 8 iyul soat 17: 30 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 982 (+144) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida), 9 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda ayni paytgacha 6 888 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog'aygan.

Hozir mamlakatimizda 4 052 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ertalab soat 10:00 dan ayni lahzalarga qadar respublikamizda jami 312 kishi koronavirus yuqtirgani aniqlangan.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

 

loading...