PLASTIK TIRIK JONZOTLAR KUShANDASIDIR…

0

 

Har birimiz umrimiz davomida bu o'tkinchi dunyoni tark etgunimizga qadar o'zimizdan 20-40 tonna chiqindi qoldirar ekanmiz. Biz ana shu holatni o'zgartirishimiz mumkin. Yo'q, yo'q, biz albatta, uni o'zgartirishga majburmiz!

Quyidagi raqamlar osmondan olib yozilmagan, balki bu ekspertlarning aniq hisob-kitoblariga asoslangan.

Yerga tushgan plastik idishlar 300-500 yil davomidagina yo'qolib ketadi. Yer sayyorasida har yili 270 000 000 000 ta plastik butilkalar ishlab chiqariladi. Trener-konsultant Gleb Shulishevning «Bir martalik qotillar» taqdimotiga ko'ra har soniyada 8562 dona butilka chiqindi qutisidan joy olar ekan. Ular ertami yo kechmi baribir suv havzalari va dunyo okeaniga borib tushadi. Okeanlarda butun bir «Chiqindi orol»lari hosil bo'lib, ularning uzunligi suvda bir necha kilometrlarni tashkil qiladi. Asta-sekinlik bilan sho'r suv plastikni yemira boshlagach, u mayda bo'laklarga bo'linib ketadi. Suv oqimi bo'yicha harakat qiluvchi hayvonlar va o'simliklardan iborat tirik organizmlar bilan birikib ketadi. Ana shundan baliqlar va dengiz sut emizuvchilari oziqlanadi. Natijada nufuzli restoranlardagi kimyoviy zaharlangan eng tansiq baliqlardan tayyorlangan ovqatlarni iste'mol qilgan mijozlarning tanasida ana shu plastik zarrachalar to'plana boshlaydi.

Yana bir detalga e'tiboringizni qaratish zarur. Bu ularning turli ranglardagi qopqoqchalari bo'lib dengiz qushlari ko'pincha adashib baliqchalar o'rniga palaponchalarini ana shu qopqoqlar bilan boqyapti, soddagina palaponchalar ularni iste'mol qila-qila, oshqozonlari plastikka to'lib qolgach, bir azobda halok bo'lishmoqda. Har yili millionga yaqin qanotli hamrohlarimizning qotili johil odamlarning xatosi tufayli desak xato bo'lmaydi.

Sog'liq uchun zararli bo'lgan yana bir kimyoviy birikma bisfenol (VRA) AQSh, Kanada, Turkiya va Yevroittifoq mamlakatlarida taqiqlangan. Uning xavfliligi shundaki, ayollarning estrogen gormonlar tuzilishiga o'xshash bo'lib, organizm uni bilmasdan «o'zinikiday» qabul qiladi, shu vaqtda makkor dushman organizmda to'planadi va miyaga, bola tug'ilish funksiyasiga salbiy ta'sir qila boshlaydi, onkologik kasalliklarning paydo bo'lishi va ona qornidagi homilada Dauna sindromi paydo bo'lishiga xuddi shu narsa sababchi bo'ladi.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz oxirgi yillarda Dauna sindromi bilan tug'ilayotgan «quyosh» bolalar juda ko'payib bormoqda. Dunyo bo'yicha o'lim miqdori saraton kasalligi hisobidan qayd etilmoqda.

Bularning barchasi tabiatga shafqatsizlarcha munosabatimizga javob albatta.

 

Bisfenol nima?

 

Bisfenolning o'sha mash'um butilkalar bilan qanday bog'liqlik joyi bor deb so'rarsiz? Bu ko'pincha odamlar sezmagan holda sodir bo'ladi. Masalan, mashinalarda butilkali suvlarni tashish vaqtida ular kritik holatdagi haroratda qiziydi. Ana shu vaqtda bisfenol butilkadan ajralib chiqa boshlaydi. Siz tozalangan suvdan ichyapmiz, deb o'ylasangiz katta xato qilasiz. Chunki siz suyuq zaharni ichayotganligingizni hatto sezmaysiz ham. Juda ko'p ekspertlar mashhur firmalarning butilkalardagi suvlari oddiy vodoprovod suvi bilan to'ldirilganligini bir necha bor isbotlab berishgan. Yiliga plastik butilkalarni ishlab chiqarish uchun 17 million barrel neft sarflanar ekan. Har bir butilkani ishlab chiqarish jarayoni uchun uch baravar ko'p suv sarflanadi. Butilkalik suv uchun to'lovning 90 foizini uni ishlab chiqarilgan idishi va 10 foizginasi esa ichidagi suv uchun amalga oshiriladi.

Salomat bo'ling!!!

loading...