«Ipoteka bank»dan olgan kreditini to'lamagan fuqaroning qarzi uyining sotuvi bilan to'landi

0

Majburiy ijro byurosi Shayxontohur bo'limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo'yicha Mirobod tumanlararo sudining 10.01.2020 yildagi 2-1002-1921/33090-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor A. Xalmuratov va boshqalardan undiruvchi ATIB “IPOTEKA BANK” Sergeli filiali foydasiga 224 mln. 177 ming 374,61 so'm miqdorida kredit qarzi undirish, undiruv qarzdor A.Xalmuratovga tegishli bo'lgan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Qozirobod ko'chasida joylashgan umumiy foydalanish maydoni 86,42 kv.m. bo'lgan ikki xonadan iborat 1-qavatli uy-joyga, dastlabki bahosini 306.000.000 so'm qilib belgilagan holda qaratish haqidagi 11.02.2020 yilda qo'zg'atilgan 100820007278/11-sonli ijro ishi mavjud.

MIB tuman bo'limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli garovdagi ko'chmas mulk xatlangan hamda xatlangan mol-mulkni “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun 19.03.2020 yilda qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan qarzdorga tegishli Shayxontohur tumani, Kozirobod ko'chasida joylashgan uy-joy belgilagan holda 19.03.2020 yilda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Auksion natijalariga ko'ra, qarzdorning garovda ko'rsatilgan uy-joyi 25.06.2020 yilda 416 mln. 160 ming so'mga elektron onlayn auksion savdolarida sotilib, undiruvchi ATIB “IPOTEKA BANK” Sergeli filiali foydasiga 224 mln. 177 ming 374,61 so'm miqdorida kredit qarzi undirib berilgan.

loading...