Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

0

Hozir tashqarida ayni yoz pallasi. Kunlar juda issiq. Yozning jazirama kunlarida kichkintoylarning ota-onalari imkon qadar farzandiga qulay sharoit yaratishga harakat qilishadi.

Quyida e'tiboringizga tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Olegovich Komarovskiyning issiqda bolaga qanday yordam berish to'g'risidagi tavsiyalari havola etiladi.

Konditsioner tanlaymiz

Bola o'tirgan xonaga ventilyatordan ko'ra ko'proq konditsioner to'g'ri keladi. Asosiy parametrlar – harorat va namlik nazorat qilinsa, bas.

Rejimga rioya qilamiz

Optimal harorat – 22 daraja. Namlik – 40 foizdan kam bo'lishi kerak emas. Uning ta'sirini aniqlashga termometr va gigrometr yordam beradi, to'g'rilashga esa – konditsionerni boshqarish rejimi va havoni namlantiruvchi vosita yoxud tez-tez xonani tozalash kerak bo'ladi.

Me'yorni unutmaymiz

Xona haroratini asta-sekin pasaytirish lozim. Agar bolaning xonasidagi harorat 30 daraja issiq bo'lsa-yu, uni 24 darajaga tushirish zarurati paydo bo'lsa, u holda konditsionerni avval 28 darajaga, yarim soatdan keyin – 26 darajaga va shundan so'nggina 24 darajaga tushirish kerak.

Xonani tez-tez shamollatamiz

Farzandingiz o'tirgan xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing: konditsioner va ventilyator havoni quritadi.

To'g'ri yo'naltiramiz

Konditsionerni shunday yo'naltirish kerakki, u to'g'ridan-to'g'ri bolaga yoki bolalar karavotiga kelib tegmasin.

Suv vannalarini yoddan chiqarmaymiz

Issiq kunda bola har 2 soatda bir marta 1-2 daqiqadan salqin vanna yoki dush qabul qilishi kerak. Uni hadeb artaverish kerak emas.

Ko'p suyuqlik ichiramiz

Kichkintoy ko'p suyuqlik ichishi lozim. 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga gazlanmagan mineral suv to'g'ri keladi, undan kattalarga esa – biroz sho'r yoki gazlangan suv tavsiya etiladi. Shuningdek, sarxil yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminlarga boy sharbatlar va giyohli choylar ham ayni muddao. Muhim qoida: bolani ichimliklarni ichishga majburlamang, taklif qiling.

Eng asosiysi – agar ota-ona isib ketayotgan bo'lsa, bola juda isib ketayotganligini unutmaslik. Me'yorga amal qilinsa va to'g'ri ishlatilsa, konditsioner bola uchun xavf tug'dirmaydi.

Manba: xabardor.uz

loading...