Oqilov koronavirusga qarshi 4 kun tomoqni tuz va cirka bilan chayish haqidagi xabarga munosabat bildirdi

1

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov internet tarmog'ida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Bir necha kundan buyon tarmoqda aylanib yurgan «Koronavirus o'pkaga o'tishidan avval, tomoqda 4 kun saqlanib turadi, shu paytda yo'tal va tomoq og'riq boshlanadi. Agar shu davr ichida ko'p suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yo'qoladi», — degan xabarga mutaxassis quyidagicha munosabat bildirgan. «Virusning tarqalishi inson immuniteti va yuqori nafas yo'llarining shilliq qavatiga bog'liq. Tomoqni chayish virus tarqalishi va ko'payishi uchun hech qanday to'siq yaratmaydi. Aksincha, cirka bilan tomoqni chayish shilliq qavatlarni tirnab, bezovta qiladi va virus kirish yuzasini kengaytiradi», — dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi.

Shu bilan birga, Oqilov ko'p miqdorda suv ichish intoksikatsiya jarayonini yengillashtirish uchun virusli infeksiya bilan kasallangan barcha bemorlarga tavsiya etilishini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq ham Bosh davlat sanitariya inspektori tomoqdagi koronavirusni tuz va cirkali suv bilan yo'q qilish mumkinligi haqidagi gap-so'zlarni rad etgan. Shuningdek, O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o'ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirgan edi.

loading...

1 TA FIKR

  1. Xammasini inkor kilib, safsata demasdan, biror bir juyali maslaxat bersa bulardi. Fakat JSST ( VOZ) ning maslaxatlarini takrorlamasdan, uzimizning tabobatimiz buyicha maslaxatlar bersa buladi- ku. Kim aytadi bizni, Ibn Sino yurtidan- deb?!

Comments are closed.