«Qizil iblislar»ning navbatdagi g'alabasi

0

«Manchester Yunayted» futbol klubi o'yinchilari Angliya premyer-ligasi (APL) 34-turi doirasida «Aston Villa» klubiga qarshi maydonga tushishdi.

9 iyul kuni bo'lib o'tgan mazkur match 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi. Birinchi taymda mankunianliklar safida Brunu Fernandesh va Meyson Grinvud raqib darvozasiga to'p kiritgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Pol Pogba ham gol urdi.

Shu tariqa ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba nashidasini surgan «Manchester Yunayted» o'yinchilari 58 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 5-pog'onasidan joy egallashdi. Ortda qolgan matchlar davomida bor-yo'g'i 27 ochko to'plagan «Aston Villa» esa oxiridan ikkinchi, ya'ni 19-qatorni band qilib turibdi.

Keyingi turda «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Sautgempton»ni qabul qiladi. «Aston Villa» o'z uyida «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi.

loading...