ShOKOLADNING INSON ORGANIZMIGA SALBIY VA IJOBIY TA'SIRI…

0

 

Barchaga ma'lum, bu hayotda shokoladni sevmaydiganlar kam topiladi. Shokolad haqiqatan organizmimiz uchun har jihatdan foyda beradi. Masalan, birinchi navbatda u immunitetga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Qolaversa, shokolad iste'mol qilganda, inson organizmi o'zidan serotonin va dofamin gormonlarini ishlab chiqaradi. Shu gormonlar biz shokolad tufayli o'zimizni baxtli his etishimizga yordam beradi, ka yfiyat a'lo darajada bo'ladi.

Shokoladdagi antioksidantlar qon tomirlarni turli zaharli moddalardan tozalab turadi. Yurak faoliyatini yaxshilaydi. Ammo olimlar aytishdiki, ko'proq achchiq shokolad foyda berishi mumkin ekan. Shirinining tarkibida shakar ko'pchilikni tashkil etgani bois u boshqa tana a'zolarimizda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, tishlarning yemirilishiga xuddi shu shokolad asosiy sababchi hisoblanadi.

 

loading...