Koronavirus pandemiyasi ikki barobar tezlashib ketdi

0

«SARS-CoV-2 koronavirusining tarqalishi tezligi may oyiga nisbatan ikki barobarga oshdi, ammo hali pandemiyaning avj nuqasi oldinda», deydi Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

O'tgan oylarda yangi koronavirusga chalinishning haftalik ko'rsatkichlari pasaygan bo'lsa, endi bu ko'rsatkich yana ortib bormoqda. JSST 10 iyul kuni bir kecha-kunduzda rekord darajada ko'p — 228 ming kishida yangi kasallanish holatlarini qayd etgan.

Gebreyesusning so'zlariga ko'ra, Amerika, Afrika va Osiyo mamlakatlari COVID-19ning eng yirik o'choqlari bo'lib turibdi, koronavirus tarqalishini bahorda to'xtatishga muvaffaq bo'lingan Yevropada esa yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

9 iyul kuni amerikalik infeksionist Entoni Fauchi global pandemiya endi boshlangani haqida aytgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, infeksiya Braziliya, JAR va Osiyoda avjiga chiqayotgani bois yaqin kelajakda koronavirus bilan bog'liq vaziyat yomonlashishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2020 yil 11 iyul soat 10: 00dagi holatga ko'ra, dunyo bo'yicha 12,6 milliondan oshiq odam SARS-CoV-2 yuqtirib olgan. COVID-19 qurbonlari soni esa 562888 nafarni tashkil qilmoqda.

loading...