O'zbekistonda bir kechada yana 179 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

0

​​​🔺2020 yil 11 iyul soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12206 (+179) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 30 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 14 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 9 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog'aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 4621 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 43 nafari og'ir, 10 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...