AQSh INQIROZ KUChAYISh PALLASIGA KIRGAN SUDANGA ELChI JO'NATADI…

0

 

AQSh Davlat Departamentining xabar berishicha, yangi haftada xavotirli vaziyat ortib borayotgan Sudanga amerikalik elchi yuboriladi.

Davlat Departamentining Afrika masalalari bo'yicha byurosi boshlig'i Tibor Negi Sudan harbiy hukumatini fuqarolarga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlardan tiyilishga chaqirishi kutilmoqda.

Sudanlik ishchilar yakshanba kuni harbiy hukumatga bo'ysunmaslikni namoyon qilish maqsadida mamlakat bo'ylab yalpi ish tashlash boshlagan edi. Xavfsizlik kuchlari bu harakatga ko'zni yoshlantiruvchi gaz va o'qotar qurollar bilan javob qaytargan. Ish tashlashning birinchi kuni to'rt inson halok bo'lgan.

Shuningdek, o'tgan haftada harbiylar tinch namoyishchilarga qarshi hujum qilgan va, oqibatda, hukumat 40 ziyod insonning o'ldirilganini tan olgan edi. Ayni vaqtda, namoyishchilar harbiylardan hokimiyatni fuqaroviy hukumatga topshirishni talab qilmoqda. AQSh elchisi har ikki tomonning murosaga kelishi yo'lida vositachilik qilishi aytilmoqda.

 

loading...