HAROMDAN HAZAR… (yoki toshkentliklarga achigan go'shtni ravo ko'rganlar)

0

 

Jizzax viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan G'allaorol tumanidagi «Sangzor-15» yo'l patrul xizmati maskanida Toshkent yo'nalishida harakatlanayotgan «KIA BONGO» rusumli avtoulov to'xtatilib, tekshirilganda avtomashina yukxonasida 2 tonna 640 kilogramm go'sht hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi. Surishtiruv davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlog'ida yashovchi, 1986 yilda tug'ilgan «KIA BONGO» haydovchisi A. A. go'shtni Toshkent shahridagi «Chorsu» bozorida sotish uchun olib ketayotganligini bildirgan.

Qo'lansa hid taratayotgan, rangida o'zgarishlar kuzatilgan, achigan mazkur mahsulot Jizzax shahridagi muzxonalardan biriga joylashtirildi. Kasallik uyg'otuvchi omillar bor-yo'qligini aniqlash maqsadida go'sht namunalari Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi laboratoriyasiga topshirilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

loading...