ShIMOLIY KOREYaDA YuZLAB OMMAVIY QATL MAYDONLARI BORLIGI ANIQLANDI…

0

 

Janubiy Koreyada joylashgan “Transitional Justice Working Group” nodavlat tashkiloti 610 nafar shimoliy koreyalik qochqinlar ko'rsatmasiga asoslangan va to'rt yil davomida ishlangan hisobotini e'lon qildi.

Hisobotda sigir o'g'irlashdan tortib Janubiy Koreya telekanalini ko'rishgacha bo'lgan masalalarda ayblangan odamlar omma ko'z o'ngida qatl etilgan 318 maydon xaritasi ham taqdim qilingan.

Mualliflarning tasvirlashicha, bunday qatllar daryo bo'ylari, dalalar, bozorlar, maktablar va stadionlarda tashkil etilgan hamda ularni tomosha qilishga minglab odamlar, ko'p hollarda, majburan olib kelingan.

«Ommaviy qatllar qo'rquv urug'ini sochish va fuqarolarni tuzum tomonidan istalmagan ishlarga qo'l urishdan cho'chitishning ibtidoiy usulidir», deyiladi hisobotda.

Hisobotda qatllarning asosiy qismi otish yo'li bilan amalga oshirilgani aytiladi.

 

loading...