Mutaxassis: «Yoshlar karantinga rioya qilmayapti»

0

Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o'rinbosari Botir Qurbonov AOKAda o'tkazilgan brifingda Toshkent shahrida kasallanish holatlari ko'payib ketganiga izoh berdi.

Aholi orasida kasallik holatlari ko'p kuzatilayotganiga sabab fuqarolarimiz, asosan yoshlar karantin qoidalariga rioya etishmayapti. Niqoblarni to'g'ri taqmaslik, ijtimoiy masofalanishga rioya qilmaslik, yoshlarning kechki paytda mahallalarda to'planib birgalikda vaqt o'tkazishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Mana shu omillar ta'sirida Toshkent shahrida aholi orasida kasallik holatlarining aniqlanishi keskin ko'tarilib ketdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Toshkent shahrida aholidan koronavirusga test qabul qilish uchun dastlab 5 ta punkt, keyinchalik yana 5 ta qo'shimcha punkt tashkil etilgan bo'lib, hozirda 10 ta punktda koronavirusga test olinmoqda.

Shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi 6 ta nodavlat tibbiyot muassasasiga koronavirusga tets olish uchun ruxsat berilgan.

loading...