Tushlik uchun mazali tezpishar pissa

0

1. Chuqur idishda venchik yordamida tuxum, smetana, mayonez va unni yaxshilab aralashtiramiz.

2. Asosini tayyorlaymiz. Pomidor, kolbasa va bodringni parraklarga bo'lamiz. Pishloqni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.

3. Qizdirilgan tovani o'simlik yog'i bilan yog'laymiz. Ustidan xamirni quyib, tova bo'ylab bir xil qilib yoyamiz.

4. Xamir ustiga ozroq ketchup surtamiz.

5. Ustidan kolbasa, pomidor va marinadlangan bodring parraklarini qo'yib chiqamiz. Ustidan pishloq sepamiz.

6. Tova qopqog'ini yopib, past olovda pitsani 10 daqiqa pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

loading...