Abiturient yangi pasport olish uchun rasmga tushishni 10 kunlab kutmaydi

0

Kecha Milliy matbuot markazida “Fuqarolik pasporti: 2020/2021 yilda OTMlarga onlayn hujjat topshirish muammolari” mavzusida anjumani bo'lib o'tdi.
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi elektron axborot tizimlari boshqarmasi boshlig'i Fazliddin Usmonov quyidagi ma'lumotlarni keltirib o'tdi.
– Abiturientning pasporti yo'qolgan bo'lsa, tuman ichki ishlar bo'limlariga murojaat qilishi kerak. Ushbu fuqaroga rasmli shakl-3 ko'rinishidagi formaga shaxsning yo'qotilgan pasport seriyasi raqami va shaxsiy raqamlarini qo'shib tayyorlab beramiz. Abiturient yangi pasport olish uchun rasmga tushishni 10 kunlab kutmaydi.

loading...