«Real» Beylga ikki yillik maoshini berib, shartnomani bekor qilmoqchi

0

Madridning «Real» klubi jamoaning uelslik yarimhimoyachisi Garet Beyl bilan shartnomani bekor qilishga tayyor. Bu haqda Ispaniyaning AVS nashri yozmoqda.

Manbada aytilishicha, klub 30 yoshli Beylga ikki yillik maoshini oldindan to'lab berib, ikki tomonlama kelishuvni bekor qilmoqchi. Shu tariqa Beyl mavsum yakunida erkin agentga aylanishi mumkin. Uelslik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uni doimiy zaxirada qoldirayotganidan norozi.

«Real»ning oxirgi beshta o'yinida maydonga tushmagan Beyl so'nggi marta 24 iyun kuni «Malorka»ga qarshi o'ynagandi. Uelslik futbolchi joriy mavsumda La Liga doirasida 16ta o'yinda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita golga assistentlik qildi. Unga ayni damda «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirmoqda.

loading...